YANGILIKLAR
29 yanvar 2025

Xalqaro ko'rgazma va anjumanlar tashkilotchisi Iteca Exhibitions o'zining 30-yubiley ko'rgazma mavsumini ochmoqda.
Kompaniyaning o'ttiz yillik faoliyati — doimiy o'sish, innovatsiyalarni joriy etish va mukammallikka intilish tarixidir. Ushbu muhim bosqich nafaqat muvaffaqiyatli ishning ko'p yillik tajribasini aks ettiradi, balki kompaniyaning O'zbekistonni xalqaro biznes maydonida ilgari surishda muhim rolini tasdiqlaydi. O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Butunjahon ko'rgazma sanoati uyushmasi (UFI), Yevropa-O'zbekiston Iqtisodiy hamkorlik uyushmasi (EuroUz), O'zbekistondagi Amerika savdo palatasi (AmCham), Italiya-O'zbekiston Savdo palatasi (CIUZ)da a'zoligi Iteca Exhibitions kompaniyaning mamlakat ko'rgazma sanoati va iqtisodiyotini rivojlantirishga qo'shgan hissasini ta'kidlaydi.
1995-yilda tashkil etilgan Iteca Exhibitions ko'rgazma bozoridagi birinchi qadamdan - sog'liqni saqlash va turizmdan tortib, to ishchi hamkorlik uchun eng yirik xalqaro platformalarni yaratishgacha uzoq yo'lni bosib o'tdi. Shu vaqt ichida turli mamlakatlar va sohalardagi 35 mingdan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan 492 ta ko'rgazma va anjuman o'tkazildi. Ushbu tadbirlarga 1,5 milliondan ortiq professionallar tashrif buyurishdi, bu esa kompaniya loyihalariga bo'lgan ishonch va talabning yuqori darajasini ko'rsatadi.
Iteca Exhibitions bosh direktori Nigora Xasanova qayd etadi:
"Bu yutuqlarning barchasiga ishtirokchilarning ishonchi va doimiy hamkorlarimizning ko'magi tufayli erishildi. Mamlakat eksport salohiyatini mustahkamlash va sanoatning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi yirik Iteca Exhibitions jamoasining ko‘p yillik sa’y-harakatlari samarasidir. Bizning loyihalarimiz nafaqat biznes imkoniyatlarini yaratibgina qolmay, balki zamonaviy texnologiyalar va ekologik tashabbuslarni amalga oshirishga hissa qo'shayotganidan faxrlanamiz. Biz ko'rgazma sanoatining kelajagi raqamlashtirish, barqarorlik va xalqaro muloqotni kengaytirish ekanligiga ishonamiz."
Iteca Exhibitionsning har bir tadbirining asosiga ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarning manfaatlari qo’yilgan. Kompaniya yuqori darajadagi tashkilot darajasi va qulaylikni ta'minlaydi, bu esa ishtirokni iloji boricha samarali qiladi.
Iteca'ning har bir ko'rgazmasi shunchaki biznes-platforma emasdir. Bu jonli fikr almashish, muzokaralar olib borish, texnologiyalar namoyish etiladigan, tegishli sohani rivojlantirish tendentsiyalari paydo bo'ladigan, ba'zan esa - O'zbekiston bilan ilk tanishuvlar joyidir.
30-yubiley ko'rgazma mavsumida kompaniya biznesni rivojlantirish va ishchi aloqalarini mustahkamlashga yo’naltirilgan yangilangan tadbir formatlarini taqdim etadi. Rejalarimizga 20 ta xalqaro ko'rgazma, shu jumladan yubiley loyihalari, va 4 ta forum o'tkazilishi kiritilgan.
Bu yildan boshlab Iteca Exhibitions bir vaqtning o'zida ikkita yetakchi maydonda bo'lib o'tadigan tadbirlar miqyosini oshirmoqda:
-
"O'zekspomarkaz" MKK ko'rgazmalarning asosiy joyi bo'lib qolmoqda,
-
CAEx Uzbekistan yangi darajadagi tadbirlar uchun zamonaviy yechimlarni taklif etadi.