Maxfiylik siyosati


Maxfiylik siyosati

Mazkur siyosatni diqqat bilan o'qing! Mazkur maxfiylik siyosati bilan tanishish va saytda shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim etish orqali siz unga rozilik bildirasiz.

1. Kirish

Mazkur maxfiylik siyosati "Kongress Servis" MChJning (keyingi o'rinlarda "Kongress Servis" deb yuritiladi) rasmiy hujjati bo'lib, "Kongress Servis"ga tegishli barcha axborot resurslariga taalluqlidir: www.kongress-servis.uz sayti, kongress-servis.uz domenidagi ikkinchi darajali saytlari).
Mazkur siyosatning sharti Kongress Servis foydalanuvchi haqida Kongress Servis axborot resurslarida bo'lgan vaqtida olishi mumkin bo'lgan va ma'lum bir foydalanuvchi bilan bog'lanishi mumkin bo'lgan barcha ma'lumotlarni qamrab oladi.

2. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadi

Kongress Servis sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni Kongress Servis tomonidan tashkil etiladigan ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar to'g'risida sizni xabardor qilishga qaratilgan xizmatlar (servislar) bilan ta'minlash va ularga tashrif buyurish uchun qayta ishlaydi.

3. Shaxsga doir ma'lumotlarni to'plash va ulardan foydalanish

Kongress Servis faqat ko'rgazmalarda va boshqa ko'rgazma tadbirlarida tashrifchi yoki ishtirokchi sifatida ro'yxatdan o'tish uchun zarur bo'lgan va siz ro'yxatdan o'tish shaklida yoki muayyan tadbir uchun ariza shartnomasida ko'rsatgan shaxsiy ma'lumotlarni to'playdi, jumladan:
F.I.Sh.;
Elektron pochta manzili;
Aloqa telefoni;
Siz ishlayotgan korxona nomi;
Lavozimi, kasbi, faoliyat turi:
Manzil.

4. Shaxsiy ma'lumotlarni oshkor qilish

Kongress Servis foydalanuvchilar haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni hech kimga sotmaydi yoki oshkor qilmaydi.

5. Shaxsiy ma'lumotlarni tahrirlash va o'chirish imkoniyati

Kongress Servis foydalanuvchilarga istalgan vaqtda kompaniyaning elektron pochta manziliga elektron pochta xabarini yuborish yoki Kongress Servis ofisiga pochta orqali so'rov yuborish orqali shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga roziligini aniqlashtirish yoki bekor qilish imkoniyatini beradi.

6. Uchinchi tomon saytlariga havolalar

Kongress Servis saytlari uchinchi tomon saytlariga havolalarni taqdim etadi. Ushbu havolalar faqat ma'lumot xususiyatiga ega va Kongress Servis ushbu saytlarda qabul qilingan shaxsiy ma'lumotlar siyosati uchun hech qanday javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

7. Saytda ma'lumotlarni avtomatik to'plash va qayta ishlash (Сookies)

Cookie-fayllar foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlarni saqlash uchun foydalanuvchi kompyuterida saqlanadigan kichik matnli fayldir.
Kongress Servis faqat internet-brauzerni yopganingizda yo'q qilinadigan sessiya cookie-fayllardan foydalanadi.

8. HTML-so'rovlar

Kongress Servis HTML-so'rovi (kompyuteringizning saytga kirishi) orqali olingan ma'lumotlarni faqat statistik maqsadlarda va sayt ishlashini yaxshilash maqsadida qayta ishlaydi.

9. Maxfiylik siyosatidagi ma'lumotlarning o'zgarishi

Kongress Servis maxfiylik siyosatiga o'zgartirishlar kiritishi mumkin. Agar sezilarli o'zgarishlar ro'y bersa, Kongress Servis o'z foydalanuvchilariga xabar berish majburiyatini oladi.

#KongressServis