En
Rus
Uzb

«TTME 2019» - To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalarining 1-Toshkent Xalqaro ko‘rgazmasi.

O‘tkazilish sanalari: 2019-yil, 11-13 sentyabr

O‘tkazilish joyi: «O‘zekspomarkaz» MKM, Toshkent shahri, O‘zbekiston.

TTME – Markaziy Osiyoning to‘quvchilik va tikuvchilik sanoati uchun uskuna va texnologiyalarning xalqaro professional ko‘rgazmasi.

Nima uchun ko‘rgazmada ishtirok etish muhim?

Bugungi kunda O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati milliy iqtisodiyotning strategik muhim va jadal rivojlanayotgan tarmoqlari safidan joy olgan. Unda 7000ga yaqin korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

2018-yilda O‘zbekiston 700 million dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi. Paxta tolasini ichki qayta ishlash hajmi 1991-yildagi 7 foizdan 2018-yilda 60 foizgacha o‘sdi. 2025-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 100 foizni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtga qadar O‘zbekistonning to‘qimachilik tarmog‘iga 3 milliard dollardan ko‘proq investitsiyalar kiritilgan.

To‘qimachilik va tikuvchilik sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Unda umumiy hajmi 2,2 milliard dollar miqdoridagi 132ta loyiha belgilangan. 15ta paxta-to‘qimachilik klasteri amalga oshirilmoqda va 2020-yilga kelib ularning soni 60tagacha yetadi.

Natijada 2025-yilda O‘zbekiston to‘qimachlik mahsulotlarini ishlab chiqarishni 2,6 marotabaga va eksport hajmini 7,1 milliard dollargacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Mazkur davlat dasturi yaqin yillar ichida ko‘rgazmada namoyish etilayotgan jahondagi taniqli ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy, yuqori sifatli texnologik ishlab chiqarish uskunalari va texnologiyalariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini qondirishga ko‘mak beradi.